TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Samarqandda bilyard bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Turnirda 13 ta mamlakatdan 160 nafar sportchi ishtirok etdi.
Musobaqa "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasida “dinamik piramida” yo‘nalishida o‘tkazildi.
Erkaklar o‘rtasida finalda rossiyalik Iosif Abramov hamurti Nikita Volodinni mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi.
O‘zbekistonlik Nurbek Salomov va qirg‘izistonlik Arsen Qalibek o‘g‘li bronza medalini qo‘lga kiritdi. Salomov yarim finalda Nikita Volodinga imkoniyatni boy bergan.
Ayollar toifasida belorussiyalik Yekaterina Perepechayeva-Chernuxo oltin, rossiyalik Yekaterina Britchenko esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, rossiyalik Diana Mironova va Kristina Saltovskaya bronza medali bilan shohsupaga ko‘tarildi.