1966 yilgi Toshkent zilzilasi: fojia qanday qilib ilm-fan uchun saboq bo‘lgan?

1966 yilgi Toshkent zilzilasi SSSRda seysmologiya rivojiga turtki bergani va binolarni ishonchli loyihalashga saboq bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. 60 yil avval, 1966-yil 26-aprelda sodir bo‘lgan Toshkent zilzilasini o‘rganish SSSRda seysmologiya rivojiga katta turtki berdi. O‘sha paytda olingan ilmiy ma’lumotlar keyinchalik yanada ishonchli binolarni loyihalash imkonini bergan, deb xabar qildi RIA Novostiga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti.
Halokatli yer silkinishi Toshkentda 1966-yil 26-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:23 da sodir bo‘lgan. Zilzila oqibatida shaharning markaziy qismi deyarli butunlay vayron bo‘ldi. 36 mingdan ortiq turar joy va jamoat binolari to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan. 78 mingdan ortiq oila — 300 mingdan ziyod kishi boshpanasiz qolgan.

“Zilzila, aslida, SSSRda seysmologiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. O‘sha yilning oktabr oyida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshida Seysmologiya instituti tashkil etildi. Toshkent yer silkinishlarini o‘rganish va bashorat qilishning ilg‘or usullari uchun sinov poligoniga aylandi”, — deyiladi institut xabarida.

Xususan, aynan Toshkentda radonni monitoring qilish usuli rivojlandi. Olimlar zilzilalar oldidan yer osti suvlarida ushbu gaz konsentratsiyasi o‘zgarishini aniqlashdi. Agar 1960-yillarda tahlillar qo‘lda o‘tkazilgan bo‘lsa, bugungi kunda mazkur tizimlar avtomatik tarzda ishlaydi: datchiklar real vaqt rejimida har qanday anomaliyani qayd etadi.
Toshkent zilzilasining keyingi tahlili olimlarga yer silkinishi o‘choqlari shakllanadigan zonalarning seysmogeodinamik modelini ishlab chiqish imkonini ham berdi.

“Texnologik taraqqiyotga qaramay, fan hali ham kelajakdagi zilzilaning vaqti, joyi va kuchini aniq bashorat qila olmaydi. Biroq Toshkentda to‘plangan ma’lumotlar binolarni yanada ishonchli loyihalashga o‘tish imkonini berdi”, — deya qo‘shimcha qildi institut.

V Tashkent priyezjayut lyudi so vsex konsov Sovetskogo Soyuza otstraivat gorod posle zemletraseniya 26-aprelya 1966 goda
Halokat Sovet Ittifoqi xalqlari birdamligining ramzlaridan biriga ham aylandi. Deyarli uch yil ichida mamlakatning turli hududlaridan kelgan quruvchilar Toshkentni qayta tiklashda ishtirok etdi. Shu qisqa davrda O‘zbekiston poytaxtida bir million kvadrat metrdan ziyod uy-joy qurildi.
Oradan 60-yil o‘tib: Toshkent zilzilasi raqamlar, guvohlar va xotiralarda