Mirziyoyev Farg‘onada yangi massiv va vodiy shaharlarini bog‘lovchi elektropoyezd bilan tanishdi

Prezidentning Farg‘ona viloyatiga ikki kunlik tashrifi boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifini Qo‘qon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha uchun jami 1 trillion 850 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Hudud 25 ming nafar aholi yashashiga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda 84 ta ko‘p qavatli uy, maktablar, bog‘chalar, oliy o‘quv yurti, biznes va savdo markazlari hamda dam olish maskanlari qurilishi rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Ferganskuyu oblast s rabochey poyezdkoy.
Hozirgacha loyihaning birinchi bosqichi yakunlanib, 4 ming 394 ta xonadondan iborat 56 ta o‘n qavatli uy foydalanishga topshirildi. Tayyor ta’mirli xonadonlar aholiga 35 foizlik boshlang‘ich to‘lov, yillik 16 foiz stavka va 20-yillik muddat asosida berilmoqda.
Shu yerning o‘zida prezident “Yangi O‘zbekiston” massivining ikkinchi bosqichi hamda Qo‘qon shahrini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan ham tanishdi.
Keyin Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan Farg‘ona vodiysida yangi yo‘lga qo‘yilgan Qo‘qon, Namangan, Andijon va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi elektropoyezdda Marg‘ilon shahriga keldi.
324 kilometrlik temir yo‘l halqasi vodiy viloyatlarini o‘zaro yaqinlashtirib, aholi, tadbirkorlar va sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Ferganskuyu oblast s rabochey poyezdkoy.
Yangi poyezd Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodida ishlab chiqarilgan. U olti vagondan iborat bo‘lib, 586 o‘ringa ega va soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.
Chipta narxi 15 ming so‘m etib belgilangan. Poyezd kuniga 1,5 ming, yiliga qariyb 600 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. Yangi temir yo‘l halqasi Farg‘ona vodiysining turizm salohiyatini oshirishi ham aytildi.
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasida yakunlangan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi