TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston bu yil triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqalarning eng yuqori darajasi sanaladigan World Triathlon Championship Series mavsumini Samarqandda ochmoqda. Shu bilan birga, shahar paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogiga ham mezbonlik qilyapti.
Musobaqada 40 tadan ortiq davlatdan, jumladan, Rossiyadan ham sportchilar ishtirok etmoqda. Ular orasida dunyoning eng kuchli triatlonchi va paratriatlonchilari, sovrindorlar hamda Olimpiya chempionlari bor.
“Elita” toifasida jami 98 nafar sportchi bellashmoqda. Qolgan ishtirokchilar havaskorlar yo‘nalishida startga chiqadi.
Samarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.
© Sputnik
Triatlon — sportning uch turini birlashtirgan musobaqa bo‘lib, ishtirokchilar belgilangan masofada avval suzish, so‘ng velosipedda poyga qilish va yakunda yugurish bo‘yicha bellashadi. Paratriatlon esa imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan triatlon yo‘nalishidir.
Samarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.
© Sputnik
Mavsum doirasida dunyo bo‘ylab oltita bosqich o‘tkaziladi. O‘zbekiston esa ushbu nufuzli turnirning ilk bosqichiga mezbonlik qilmoqda.
Samarqand bunday yuqori darajadagi musobaqaga birinchi marta mezbonlik qilayotgani yo‘q. 2024-yilda bu yerda triatlon bo‘yicha Jahon kubogi o‘tkazilgan. Keyinchalik turnir a’lo darajada tashkil etilgani va xalqaro federatsiya tomonidan ijobiy baholangani tufayli Samarqand yana bir bor nufuzli musobaqani qabul qilish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi Yelena Kun Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.