Ko‘rgazmani O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Akif Marifli va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov ochib berdilar.
Unda O‘zbekiston va Ozarbayjon hunarmandlarining noyob qo‘l mehnati namunalari, an’anaviy ornamentlar va amaliy san’at asarlari keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.
Tadbir doirasida “Bezaklarda kodlashgan madaniyat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda “Ornament tili” mavzusida amaliy master-klasslar bo‘lib o‘tdi.
Ochilish doirasida madaniy dastur taqdim etilib, “Qorabog‘ zafari” raqs ansambli chiqishlari hamda “Xari Bulbul” teatr truppasi tomonidan musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.
Tadbir Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Hunarmand uyushmasi hamda O‘zbekiston amaliyot san’ati va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi hamkorligida tashkil etilgan.