Toshkentda vagonlar qanday ishlab chiqariladi?

"TYVQTZ" AJ - yo‘lovchi vagonlarini qurish va kapital ta’mirlash bo‘yicha Markaziy Osiyoda yagona korxona.
Sputnik
G‘ildiraklar taqillashi, kupe va plaskart vagonlarda sayohatga chiqish – bularning barchasi yo‘lovchilar uchun romantika. Sputnik muxbiri ushbu vagonlar qanday yaratilishi va ta’mirlanishi bilan tanishdi.
Toshkentda yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi faoliyat yuritadi. Korxona rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda ish olib boradi. Zavodga hatto qo‘shni mamlakatlardan ham poyezdlarni ta’mirlash uchun olib kelishadi.
Rossiyaning EP3D tezurar elektropoyezdi ham endi shu yerda ishlab chiqarilmoqda. U ilk bor O‘zbekistonga 2024-yil oxirida keltirilib, “Toshkent — Chinorkent — Toshkent” yo‘nalishida ishga tushirildi. Shundan so‘ng yana ikkita xuddi shunday poyezd mahalliy zavodda qurildi. Bu poyezdlardan biri Farg‘onaga qatnov uchun jo‘natildi.
Toshkent zavodi o‘zining o‘quv markaziga ega bo‘lib, xorijiy hamkorlar, jumladan, rossiyalik mutaxassislar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.
Zavoddagi ish jarayoni qanday olib borilishi haqida Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.