TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov prezident Shavkat Mirziyoyevga Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar haqida axborot berdi.
Uchrashuvda Turkiya Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuqori martabali vakili ham ishtirok etdi.
Ikki davlat orasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Harbiy-texnik hamkorlik izchil rivojlanib, jumladan, idoralararo aloqalar kengayib borayotgani, qo‘shma tadbirlar tashkil etilib, harbiy mutaxassislar tayyorlanayotgani alohida ta’kidlandi.
Harbiy sohadagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish borasidagi intilish qat’iy ekani ta’kidlandi.