TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Tojikiston grezidenti Emomali Rahmon Markaziy Osiyoda eng yirik bo‘lgan Nurek GESidagi 7-gidroelektrostansiyani ta’mirdan so‘ng ishga tushirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
"Tojikiston Prezidenti Xatlon viloyatiga ishchi tashrifi chog‘ida Nurek GESining ta’mirlangan yettinchi blokini ishga tushirdi", deyiladi bayonotda.
Nurek GESi Tojikistonda elektr energiyasi ishlab chiqarishning 70% gacha qismini tashkil qiladi, uning quvvati 3000 MVt dan oshadi.
Emomali Raxmon dal start agregatu Nurekskoy GES
© press-slujba prezidenta Tadjikistana
Ta’mirlash ishlari 2019-yil oktabr oyida boshlangan; stansiyani modernizatsiya qilish loyihasiga muvofiq, barcha bloklar 2032-yilga qadar modernizatsiya qilinadi.
Tojikistondagi barcha faoliyat yuritayotgan elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish uchun xorijiy hamkorlardan va davlat budjetidan 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratilmoqda. Bu ularning xizmat muddatini yana 70-80 yilga uzaytiradi.