O‘zbekiston BMTning jinoiy odil sudlov standartlarini ishlab chiquvchi komissiyasiga saylandi

O‘zbekiston 2027–2029 yillar uchun BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasiga saylandi. Ushbu organ xalqaro standart va siyosatlarni ishlab chiqadi.
Sputnik
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohida O‘zbekiston 2027–2029 yillar muddatiga BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasiga saylandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu uch yillik a’zolik 2027-yil 1-yanvardan boshlanib, 2029-yil oxirigacha davom etadi.
1992 yilda tashkil etilgan mazkur komissiya BMTning jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov sohasidagi asosiy siyosatni shakllantiruvchi organi hisoblanadi. U EKOSOS tomonidan uch yilga saylanadigan 40 davlatni birlashtiradi.
Komissiya xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, milliy va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoiy odil sudlov tizimining samaradorligi va adolatliligini oshirishga oid siyosat, standart va meyorlarni ishlab chiqadi.
Shuningdek, u BMTning jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha kongresslarini tayyorlaydi va BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi dasturi uchun boshqaruv maydoni vazifasini ham bajaradi.
Ochiq manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston komissiyaga ilk bor saylangan. Osiyo-Tinch okeani guruhidan ushbu o‘rinlar uchun O‘zbekiston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Saudiya Arabistoni nomzodlari ko‘rsatilgan, keyinchalik Hindiston nomzodini qaytarib olgan
Sudyalar mustaqilligi kuchaytiriladi, kadrlar tanlovi shaffoflashtiriladi - prezident farmoni