TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni Ostonada o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammitning ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari o‘z nutqida:
Markaziy Osiyoda ekologik diplomatiya kuchayayotganini ta’kidladi.
Prezident bu uchrashuv Samarqand iqlim forumida boshlangan muloqotning mantiqiy davomi ekanini qayd etdi;
Prezident bu uchrashuv Samarqand iqlim forumida boshlangan muloqotning mantiqiy davomi ekanini qayd etdi;
Markaziy Osiyoda harorat global o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar tezroq ko‘tarilmoqda, muzliklarning qariyb uchdan biri yo‘qolgan, suv tanqisligi kuchaymoqda;
“Yashil makon” doirasida qariyb 1 milliard tup daraxt va buta ekilgani, Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektardan ortiq o‘rmonzor barpo etilgani aytildi;
Suvni tejash choralari orqali yiliga 10 milliard kub metr suv iqtisod qilinmoqda, “yashil” energetika ulushi esa 30 foizga yetgani qayd etildi;
Joriy yilda chiqindilarni yoqish bo‘yicha 2 ta yangi zavod ishga tushirilishi, yana 9 tasi keyingi ikki yilda faoliyat boshlashi bildirildi.
Shuningdek, prezident bir qator mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surdi, jumladan:
— “Markaziy Osiyoning toza havosi” davlatlararo konsorsiumini tuzish;
— Toshkentdagi Cho‘llanishga qarshi kurashish markaziga mintaqaviy maqom berish;
— “Markaziy Osiyo yashil savdo yo‘lagi”ni shakllantirish;
— iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratish;
— Markaziy Osiyo atrof-muhiti o‘zgarishlarining yagona mintaqaviy atlasini tayyorlash;
— “Markaziy Osiyo Qizil kitobi”ni ishlab chiqish.

Davlat rahbari 2027-yilda O‘zbekistonda Butunjahon yoshlar iqlim forumini o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi.
Nutq yakunida u ishtirokchilarni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Global ekologik fondning sakkizinchi assambleyasi va Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumiga taklif etdi.