O‘zbekiston va YeOII

Barsegan: O‘zbekiston va YeOII iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turadi

YeIK vaziri Goar Barseganga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII davlatlari iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turadi, shu bois sanoat va agrosanoat sohalaridagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarur.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston kuzatuvchi davlat sifatida YeOII jarayonlariga faol jalb qilingan va tomonlar iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida YeIK sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bu qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, yengil sanoat hamda farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun asos yaratadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tez o‘zgarayotgan dunyoda YeOII doirasidagi “beshlik” ham zamonaviy chaqiriqlarga javob berishi kerak. Barsegan sanoat va agrosanoat majmuasini rivojlantirish ko‘plab murakkab masalalarga yechim topishga yordam berishini ta’kidladi.
U O‘zbekiston kuzatuvchi davlat sifatida ushbu jarayonga juda faol jalb qilinganini qayd etdi. Barseganning aytishicha, tomonlar qishloq xo‘jaligi, temiryo‘l mashinasozligi, yengil sanoat, farmatsevtika va zargarlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirmoqda.
Shuningdek, u O‘zbekiston va YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasidagi qo‘shma korxonalar umumiy soni qariyb 5 mingtaga, sanoat sohasidagi kooperatsion o‘zaro yetkazib berish hajmi esa qariyb 8 milliard dollarga yetganini aytdi. Uning fikricha, bu raqamlar mustahkam iqtisodiy aloqalardan dalolat beradi.
Barseganning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning YeOIIga a’zo har bir davlat bilan muvaffaqiyatli hamkorlik misollari bor. Xususan, Rossiya bilan qariyb 3 mingta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
Qozog‘iston bilan mashinasozlik va qurilish xizmatlari sohasida, Belarus bilan “Amkodor” va Minsk traktor zavodi ishtirokida, Qirg‘iziston bilan ham qo‘shma korxonalar yo‘lga qo‘yilgan.
U, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va agrosanoat majmuasini rivojlantirish ham O‘zbekiston, ham ittifoq davlatlari uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini aytdi.
Ba’tafsil - Sputnik O‘zbekiston videosida.
O‘zbekiston va YeOII
Barsegan O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan qo‘shma korxonalari 5 mingtaga yetganini aytdi