Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Lukashenko: tajribasiz Zelenskiy to‘xtamasa, Ukrainani yo‘qotadi

Lukashenko ukrainaliklar Zelenskiy tajribasizligini bila turib, uni saylagani uchun qimmat to‘layotganini aytdi. Unga ko‘ra, agar Zelenskiy to‘xtamasa, Ukraina o‘z davlatchiligini yo‘qotishi mumkin
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ukrainaliklar Vladimir Zelenskiyni o‘zlari saylagani va endi bu qaror uchun qimmat to‘layotganini aytdi. Bu haqda u RT telekanali jurnalisti Rik Sanchesga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, ukrainlar Zelenskiyning tajribasiz ekanini bilgan, ammo baribir uni tanlagan. Shu bilan birga, u Ukraina xalqini ayblashga haqqi yo‘qligini, biroq bu qaror uchun javobgarlik ham ular zimmasida ekanini ta’kidlagan.
Belarus rahbari Zelenskiyni tanqid qilish bilan birga, ma’lum ma’noda unga hamdard ekanini aytdi. Uning fikricha, Zelenskiy Ukrainani allaqachon shakllangan siyosiy holatda qabul qilib olgan, ammo bu siyosatni o‘zgartira olmagan.
Lukashenko buni uning tajribasizligi va ayrim jarayonlarni nazorat qila olmagani bilan izohlagan.
Lukashenko, shuningdek, Ukrainada millatchilar ustun kelganini va Zelenskiy bu vaziyatni o‘zgartira olmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Zelenskiy to‘xtamasa, Ukrainani yo‘qotadi.
Belarus prezidenti yana Zelenskiy militarizatsiya (qurollanish) yo‘liga qaytgani va G‘arb borayotganini tanqid qildi. Lukashenkoning fikricha, Kiyev pul va qurol va’dalari ta’sirida G‘arb "chizgan chizzig‘idan" bormoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
OAV: Belgiya Rossiya bilan kelishuvga chaqirmoqda, Yevropa Ukrainani yana 2-yil jangga undamoqda