TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatiga yangi soliq imtiyozlari joriy etildi.
Qonunga ko‘ra, farzandi xususiy maktab yoki bog‘chaga boradigan 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatiga ota-ona to‘laydigan oyiga 3 million so‘mgacha, mablag‘ daromad solig‘idan ozod qilinadi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘i stavkasi 12 foizni tashkil etishini hisobga olganda, bunday ota-onalar oyiga 360 ming so‘mgacha mablag‘ni tejab qolishi mumkin
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida shunday xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar 2030-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliqdan tashqari barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Prezident taqdimotida keltirilishicha, bugun mamlakatda bunday xizmatlar 396 tadbirkor tomonidan ko‘rsatilmoqda va 4,4 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan bolani qamrab olgan.