TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Namangan viloyati Chust tumanida 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida noqonuniy yo‘l bilan Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan shaxs 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan mazkur shaxs bu xizmat evaziga jami 26 ming dollar talab qilgan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX eslatishicha, “Haj” tadbiri O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Saudiya Arabistoni Haj vazirligi o‘rtasidagi shartnoma asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi.