Toshkentda INNOPROM. Central Asia 2026 ko‘rgazmasi boshlanadi

20 apreldan Toshkentda INNOPROM. Central Asia 2026 ochiladi. Ko‘rgazmada 35 davlat, 500 nafardan ortiq kompaniya ishtirok etadi, TMH esa O‘zbekistondagi transport loyihalarini ham taqdim etgan
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Toshkentda 20–22 aprel kunlari CAEx Uzbekistan majmuasida INNOPROM. Central Asia 2026 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, unda 35 davlat ishtirok etadi, ko‘rgazma maydoni 18 ming kvadrat metrdan oshadi.
Rasmiy dasturga ko‘ra, asosiy mehmonlar orasida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Vladimir Karanik, Qozog‘iston sanoat va qurilish vaziri Yersayin Nag‘aspayev, YeOIK vaziri Goar Barsegan va MDH bosh kotibi Sergey Lebedev bor.
Ko‘rgazmada Transmashxolding, Rosatom, KAMAZ, Tatneft, MMK, Rostex, Nasproyektstroy kabi yirik kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston tomonidan Olmaliq KMK, O‘zkimosanoat, O‘zkimomash, IT Park Uzbekistan va O‘zbekiston texnologik metallar kombinati qatnashadi.
Transmashxolding INNOPROM arafasida O‘zbekiston bilan hamkorlik loyihalarini taqdim etdi. Kompaniya Toshkent metropoliteniga hozirgacha 164 ta vagon yetkazib berganini, amaldagi shartnoma bo‘yicha yana 56 ta vagon topshirilishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, INNOPROM — sanoat, texnologiya va kooperatsiyaga bag‘ishlangan yirik xalqaro ko‘rgazma. 2025-yil Toshkentdagi ko‘rgazmaga 11 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan, 500 dan ziyod kompaniya qatnashgan.

Navbatdagi "Innoprom. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasining sanasi ma’lum bo‘ldi