Samarqandda BMT bilan hamkorlikda narkotahdidlar bo‘yicha global forum bo‘ladi

Samarqandda transmilliy narkotahdidlarga qarshi global forum o‘tkazilib, unda 50 ga yaqin davlat va 500 ga yaqin ekspert ishtirok etishi kutilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Samarqandda 20–21 aprel kunlari BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda global forum o‘tkaziladi. Bu haqda Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Forum “Transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish: salomatlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish” mavzusida o‘tkaziladi.
Unda 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va 500 ga yaqin ekspert ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbirda narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash, profilaktika, davolash va reabilitatsiya, shuningdek raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari muhokama qilinadi. Forum doirasida yoshlar sammiti ham tashkil etiladi
Besh yilda 83 foizga oshgan — MOda giyohvand va sintetik moddalar bo‘yicha ma’lumot berildi