O‘zbekiston va YeOII

Belarus, Qirg‘iziston va Rossiya yagona transport nazorati axborot makonini ishga tushirdi

Qirg‘iziston Rossiya va Belarus bilan transport nazoratida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ydi. Bu YeOII tashqi chegarasida yuk tashuvchilar uchun nazorat tartib-qoidalarini qisqartirishi kutilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Belarus, Qirg‘iziston va Rossiya YeOII tashqi chegarasida transport nazorati bo‘yicha yagona axborot makonini yaratdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston milliy segmentni takomillashtirib, 46-sonli “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tashqi chegarasida transport (avtomobil) nazoratini axborot bilan ta’minlash” umumiy jarayoni doirasida Belarus va Rossiya bilan axborot hamkorligini yo‘lga qo‘yishni yakunladi.
YeEK ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mexanizm yuk avtotransporti YeOII hududiga kirganda milliy vakolatli organlarga transport nazorati natijalariga tezkor kirish imkonini beradi. Bu esa tashish xavfsizligini oshirish va nazorat tartib-qoidalari sonini minimallashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Hozircha Belarus, Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasida sanoat konturida to‘liq axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. 17-aprel holatiga ko‘ra, 46-umumiy jarayon doirasida transport nazorati natijalari, jumladan yig‘imlar, jarimalar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan 196 mingdan ortiq tranzaksiya amalga oshirilgan. Qozog‘istonning tizimga qo‘shilishi 2026-yilning uchinchi choragiga rejalashtirilgan
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda og‘ir va yirik yuk tashuvchilar uchun ruxsatnoma olish tartibi yengillashishi mumkin