TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Farg‘ona viloyatida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona qurish bo‘yicha qariyb 300 million dollarlik bitim imzolandi.
Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida Saudiya Arabistonining Vision International Investment Company va O‘zbekistondagi KOC Construction Mekanik Elektrik MChJ FE kompaniyalari ishtirokida amalga oshiriladi.
Tibbiyot majmuasi xalqaro standartlar asosida loyihalashtiriladi, moliyalashtiriladi, quriladi, jihozlanadi va uzoq muddatli texnik xizmat bilan ta’minlanadi. Qurilish muddati 36 oy etib belgilangan.
Yangi majmua Farg‘ona viloyatidagi beshta ixtisoslashtirilgan muassasani yagona kompleksga birlashtiradi. U yerda kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, organlar transplantatsiyasi, nefrologiya va ortopediya yo‘nalishlarida yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.
Loyiha aholining davolanish uchun boshqa xorijiy davlatlarga borishiga hojat qoldirmasligi aytilmoqda