TOShKENT, 16 apr — Sputnik. 28 may kuni Ostona shahridagi V Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida transport sohasidagi integratsiyaga bag‘ishlangan ikki tematik sessiya bo‘lib o‘tadi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ulardan biri transport va logistikadagi raqamli yechimlarga bag‘ishlanadi.
Unda raqamli transformatsiya, qog‘ozsiz texnologiyalar, intellektual transport tizimlari, sun’iy intellektni amaliyotga joriy etish, haydovchisiz transport va zamonaviy elektron hujjat aylanishi masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish, uning infratuzilmasi, milliy xususiyatlar va transport tizimlarining raqamli egizaklari kabi mavzular ham kun tartibiga kiritilgan.
Sessiyada YeIKning energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev, shuningdek, EOII davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish institutlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumning o‘zi 28–29 may kunlari Ostonada, Qozog‘istonning EOII organlaridagi raisligi doirasida o‘tkaziladi