Matbuot markazi

Rossiya va Markaziy Osiyo migratsiya masalasini hal etishi Yevroosiyo hamkorligining kalitidir

Ekspertlar fikricha, uzoq muddatli hamkorlik uchun migratsiyani cheklash emas, uni tartibga solish, shu bilan birga yoshlar va madaniy almashinuvni kuchaytirish muhim.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi migratsiya masalasini birgalikda hal etish katta Yevroosiyo hamkorligini shakllantirishning asosiy shartlaridan biridir.
Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) Xalqaro munosabatlar va Rossiya tashqi siyosati kafedrasi dotsenti, Xalqaro tadqiqotlar institutining “Postsovet davlatlarining yangi o‘rni” dasturi rahbari Sergey Markedonov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida o‘tgan videoko‘prikda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya masalasi o‘ta muhim bo‘lib, uning muvaffaqiyatli hal etilishi Yevroosiyo integratsiyasini ilgari surishda asosiy omillardan biri hisoblanadi.

o“Rossiya bu masalani Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, xalqlari va jamoatchiligi bilan birgalikda hal etishi kerak. Bu haqiqatan ham katta Yevrosiyo hamkorligi vujudga kelishining asosiy shartlaridan biridir”, — dedi Markedonov.

Videoko‘prikda qatnashgan Rossiya davlat gumanitar universiteti dotsenti Aleksandr Gushin esa O‘zbekiston Rossiya jamiyatida nafaqat turizm, balki madaniyat nuqtayi nazaridan ham katta qiziqish uyg‘otayotganini qayd etdi.
Uning aytishicha, ikki tomonlama hamkorlikda madaniy-ma’rifiy almashinuvni kengaytirish, ayniqsa, bu jarayonga yoshlarni faol jalb etish muhim ahamiyatga ega.
“Yoshlarning o‘zaro hamkorligi juda muhim va bu kelajakdagi muvaffaqiyatli hamkorligimizning kafolatlaridan biridir. Talabalar orasida Markaziy Osiyo mintaqasi va, albatta, O‘zbekistonga qiziqish katta. Bu nafaqat turizm, balki mamlakat madaniyati bilan tanishishda ham yaqqol ko‘rinadi”, — dedi Gushin.
Ekspert fikricha, yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni oliy ta’lim, universitetlararo aloqalar va ijtimoiy-amaliy loyihalar orqali kuchaytirish kelajakdagi hamkorlikning eng muhim omillaridan biri bo‘ladi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Patent uchun sertifikat: Toshkentda rus tilidan imtihonni qayerda topshirish mumkin?