Matbuot markazi

“Sputnik”da Rossiya tashqi siyosatida postsovet makonining roli muhokama qilinadi

Muloqotda SSSR parchalanganidan so‘ng 35-yil o‘tganiga qaramay, postsovet makoni hanuz dinamik o‘zgarishlar hududi bo‘lib qolishi va xalqaro siyosatda o‘z o‘rnini izlashi muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida postsovet makoni Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri to‘g‘risidagi davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da “Toshkent–-Moskva—Minsk—Erevan” videoko‘prigi muloqoti tarzida bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar:
Moskvadan:
Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) Xalqaro tadqiqotlar institutining “Postsovet davlatlarning yangi roli” dasturi rahbari, Rossiya tashqi siyosati va xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Sergey Markedonov;
Rossiya davlat gumanitar universiteti dotsenti Aleksandr Gushin;
MDXMI Xalqaro tadqiqotlar institutining “Postsovet davlatlarning yangi roli” dasturi yetakchi ilmiy xodimi Aleksandr Knyazev.
Toshkent, Yerevan va Minskdan:
OAV vakillari
17 aprel kuni Moskvada Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi rejalashtirilgan.
Muloqotda SSSR parchalanganidan so‘ng 35-yil o‘tganiga qaramay, postsovet makoni hanuz dinamik o‘zgarishlar hududi bo‘lib qolishi va xalqaro siyosatda o‘z o‘rnini izlashi muhokama qilinadi.
Tadbir doirasida SSSR parchalangan keyin shakllangan mamlakatlarning siyosiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, ularning global va mintaqaviy jarayonlarga integratsiyalashuvining o‘ziga xos xususiyatlari, milliy o‘ziga xoslikni izlash va tashqi siyosat strategiyalarini shakllantirishi haqida gap boradi.
Shuningdek, Rossiya TIV MDXMI Xalqaro tadqiqotlar institutining “Postsovet davlatlari: o‘zgaruvchan dunyoda yangi rolni izlash” ma’ruzasi taqdim etiladi.