O‘zFA va Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filiali ilmiy ma’lumotlarni o‘zaro almashadi

Ma’lum qilinishicha, imzolangan kelishuv ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (O‘zFA) va Rossiya Fanlar akademiyasining Ural filiali o‘rtasida ilmiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Bu haqda O‘zFA matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjat ikki tomonlama ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Kelishuv doirasida:
qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalari amalga oshiriladi;
ilmiy ma’lumotlar va nashrlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;
olimlar uchun ilmiy infratuzilmalardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi;
kutubxonalar va arxivlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi
qo‘shma ilmiy ishlar tayyorlanadi;
konferensiya va seminarlar tashkil etiladi.
“Ushbu hamkorlik ilm-fan rivoji, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda imzolangan kelishuv ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi qo‘shimcha qilingan.
“Rosatom” va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi: yadro texnologiyalarida hamkorlik kuchayadi