TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Rossiya harbiylari o‘tgan kun davomida Sumi viloyatidagi Miropolskoe aholi puntkti ustidan nazorat o‘rnatdi hamda Donesk Xalq Respublikasidagi Dibrovani ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Miropolskoe “Shimol” qo‘shinlari guruhi, Dibrova esa “Janub” qo‘shinlari guruhi harbiylarining qat’iy xatti-harakatlari natijasida Rossiya nazorati ostiga o‘tgan.
1 aprel kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Xarkov viloyatidagi Verxnyaya Pisarevka va Zapopojye viloyatidagi Boyko ozod qilinganini ma’lum qilgandi. 31-mart kuni esa Sumi viloyatidagi Malaya Korchakovka nazoratga olingan.