O‘zbekiston va YeOII

YeIK va Malayziya hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashi mumkin

Malayziya YeOIIning ASEAN mamlakatlari orasidagi to‘rtinchi savdo hamkori bo‘lib, Singapur, Vyetnam va Indoneziyadan keyingi o‘rinda turadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasida (YeIK) Malayziya rasmiylari uchun onlayn tarzda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir doirasida savdo siyosati, sanoat va agrosanoat majmui, bojxona tartibga solish va YeOII transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, YeOII bozoriga yetkazib beriladigan mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohasida hamda halol mahsulotlar bozorini tartibga solish masalalarida eng yaxshi amaliyotlarni o‘zaro almashish uchun yaxshi imkoniyatlar qayd etildi.
“Istiqbolli qadamlardan biri [YeIK va Malayziya hukumati o‘rtasida] o‘zaro hamkorlik memorandumini tuzish bo‘lishi mumkin. Aynan shu formatda komissiya ASEANning aksariyat davlatlari bilan muvaffaqiyatli ishlamoqda”, – deya ta’kidladi YeIK Integratsiyani rivojlantirish departamenti direktori Mikayel Belluyan.
Malayziya Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligining ikki tomonlama iqtisodiy va savdo aloqalari bo‘limining katta direktori Rashidi Said Malayziya YeOIIning barcha mamlakatlari bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirib kelayotganini ta’kidladi. Aloqalarni davlatlarning yuqori rahbariyati darajasida mustahkamlamoqda. Bu yuqori salohiyat va o‘zaro qiziqishdan dalolat beradi.
Malayziya YeOIIning ASEAN mamlakatlari orasidagi to‘rtinchi savdo hamkori bo‘lib, Singapur, Vyetnam va Indoneziyadan keyingi o‘rinda turadi. Malayziya iqtisodiyotining kuchli tomonlari rivojlangan mineral-xomashyo bazasi, qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmdir.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Pokiston erkin savdo bo‘yicha qo‘shma guruh tuzishni boshlaydi