TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston Pokiston rahbariyati vositachiligida Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va sulh o‘rnatilishi to‘g‘risidagi e’lonni olqishlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.
Mazkur sa’y-harakatlarni keskinlikni yumshatish, siyosiy-diplomatik muloqotni ilgari surish hamda o‘zaro maqbul yechimlarni topish uchun zarur sharoit yaratish yo‘lidagi muhim qadam, deb hisoblaymiz”, — deyiladi bayonotda.
Vazirlik, shuningdek, barcha tomonlarni vazminlikni saqlashga, vaziyatning yanada keskinlashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga hamda tinchlik va barqarorlikka erishish yo‘lida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga chaqirdi.
O‘zbekiston mojarolarni faqat tinch yo‘l bilan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga qat’iy muvofiq hal etish zarurligiga oid o‘zgarmas pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.