TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Toshkentda bir vaqtning o‘zida transport va xavfsizlik sohalariga bag‘ishlangan ikkita tarmoq ko‘rgazmasi ish boshladi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“O‘zekspomarkaz” markaziy pavilonida 17-xalqaro UzTechTransExpo-2026 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda qurilish va kommunal texnikasi, tijorat transporti, qishloq xo‘jaligi mashinalari, kranlar, omborxona uskunalari hamda beton ishlab chiqarish liniyalari namoyish etilgan.
V Uzekspotsentre proxodat Mejdunarodnaya vistavka UzTechTransExpo-2026 i UzSecureExpo-2026
© Sputnik
Shu bilan birga, xavfsizlik texnologiyalariga bag‘ishlangan UzSecureExpo-2026 ko‘rgazmasi ham ochildi. Unda mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, AT-xavfsizlik va ekologik nazorat yo‘nalishlaridagi ishlanmalar taqdim etilmoqda.
V Uzekspotsentre proxodat Mejdunarodnaya vistavka UzTechTransExpo-2026 i UzSecureExpo-2026
© Sputnik
Tashrif buyuruvchilar bu yerda nafaqat sohadagi yangiliklar bilan tanishishi, balki ishlab chiqaruvchilar va hamkorlar bilan texnologiyalarni joriy etish masalalarini ham muhokama qilishi mumkin. Buning uchun ishbilarmonlik muzokaralari o‘tkaziladigan maxsus zonalar tashkil etilgan.
Ko‘rgazmalar har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha ishlaydi va 9-aprelga qadar davom etadi.