“Ishonchim komilki, unda nazarda tutilgan ekspert uchrashuvlarining muntazam o‘tkazilishi professional aloqalarni mustahkamlaydi va mamlakatlarimizda yuzaga kelayotgan yangi tahdidlarga birgalikda samarali javob topish imkonini beradi”, — deya xulosa qildi Aleksandr Gutsan.
Ma’lumot uchun: Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik hamkasblari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Munosabatlarni rivojlantirishda Rossiya va O‘zbekiston Bosh prokuraturalari rahbariyati darajasidagi muntazam uchrashuvlar muhim ahamiyatga ega. 2014-yildan buyon ikki mamlakat nazorat idoralari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim amal qilmoqda. Uchta qo‘shma hamkorlik dasturi (2019-2020, 2021-2023 va 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan) amalga oshirildi. 2021-yilda ikki davlat prokurorlari o‘rtasida fan va ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. 2022-yilda Rossiya Prokuraturasi universiteti va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Akademiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. 2025-yilda migratsiya sohasidagi vaziyatni o‘rganish bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston idoralararo ishchi guruhi tuzildi.