O‘zbekistondan 6 ta korxona MDH sifat mukofoti sovrindori bo‘ldi

O‘zbekiston kompaniyalari MDH tashkilotining sifat sohasidagi mukofotida bitta laureat va beshta diplomantlikni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. 3 aprel kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Iqtisodiy kenashining 109-yig‘ilishida 2025-yil uchun mahsulot va xizmatlar sifati sohasidagi MDH mukofoti sovrindorlari tasdiqlandi. O‘zbekistonning 6 ta korxonasi ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekistondan Urgut tumanidagi "SAM-FERRE" MChJ laureat deb topildi. Diplomantlar ro‘yxatiga esa "TOSHELECTROAPPARAT", "KHANTEX-GROUP", "ADM JIZZAKH", "PROMEAT GROUP CORP." va "Ferghana France" kiritildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilgi tanlovda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan jami 27 ta korxona qatnashgan. Shundan 25 tasi laureat va diplomant bo‘lgan. Mazkur mukofot har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
6 predpriyatiy iz Uzbekistana stali laureatami premii SNG po kachestvu
Sovrindorlar orasida "Rosatomning bo‘linmasi — “TVEL” kompaniyasi ham bor. Bu kompaniya O‘zbekistonda ham bir qator yo‘nalishlarda ishtirok etmoqda: 2026-yil yanvarda "O‘zatom" bilan radioaktiv chiqindilar bo‘yicha memorandum imzolagan, shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining tadqiqot reaktori uchun yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Laureatlar qatorida Belarusning ko‘pchilikka yaxshi tanish "BelAZ" kompaniyasi ham bor.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil noyabrda prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Urgut tumanidagi “Ferre Group” korxonasining maishiy texnika ishlab chiqarish loyihasi faoliyati bilan tanishgan edi.
O‘zbekistonning 20 tadan ortiq to‘qimachilik korxonasi “Intertkan-2026”da qatnashmoqda