O‘zbekiston va YeOII

BMT shafeligidagi yig‘ilishda Osiyo va Yevropani bog‘lovchi Transsib temir yo‘li muhokama qilindi

Bu yo‘nalish Sharqiy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi asosiy temir yo‘l yo‘laklaridan biri sanaladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) vakillari Rossiya tomonidan BMT shafeligida tashkil etilgan 1-sonli Yevro-Osiyo temir yo‘l yo‘nalishini boshqarish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning birinchi kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi.
Gap Sharqiy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar uchun muhim ahamiyatga ega temir yo‘l yo‘nalishi haqida bormoqda. 1-sonli Yevro-Osiyo transport aloqasi marshruti Yevroosiyo hududidagi eng asosiy temir yo‘l yo‘laklaridan biri bo‘lib, yuk tashuvida Osiyo bilan Yevropani bog‘laydi.
Tadbirda YeIK Transport va infratuzilma departamenti direktori o‘rinbosari Leonid Sokolov YeOII davlatlari Yevroosiyo transport yo‘laklari va o‘tkazish punktlarini muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Uning ta’kidlashicha, bu ishlar ayniqsa "Shimol — Janub" va "Sharq — G‘arb" yo‘nalishlaridagi xalqaro transport yo‘laklarini kengaytirish, shuningdek 1-sonli Yevro-Osiyo temir yo‘l yo‘nalishi salohiyatini oshirish sharoitida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ma’lumot uchun: Transsib nomi bilan tanilgan 1-sonli Yevro-Osiyo transport aloqasi BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi makonidagi Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog‘lovchi eng yirik hamda eng uzun temir yo‘l yo‘nalishi hisoblanadi.

O‘zbekiston va YeOII
YeOII va ASEAN dengiz yuk tashuvlari bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi