TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha vazirlik va idoralari rahbarlarining yettinchi uchrashuvida O‘zbekiston delegatsiyasi qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Delegatsiyaga Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov boshchilik qildi. “Barqaror tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida 25-yil birga” mavzusidagi yig‘ilish 2–3 aprel kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda iqlim o‘zgarishi, yer degradatsiyasi, suv tanqisligi, bioxilma-xillikning kamayishi va ekstremal tabiiy hodisalar ko‘payishi kabi dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Uzbekistan vidvinul novie initsiativi po klimatu i ekologii v ShOS
© Komitet po ekologii i izmeneniyu klimata
Jusipbek Kazbekov o‘z nutqida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “yashil” transformatsiya jarayonlarini qayd etdi.
Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston quyidagi tashabbuslarni ilgari surdi:
ShHT davlatlari o‘rtasida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Bitim loyihasini ishlab chiqish;
maxsus ishchi guruh tashkil etish;
iqlimga moslashuv, dekarbonizatsiya va ekologik xavflarni prognozlashda sun’iy intellektdan foydalanishga qaratilgan mintaqaviy platforma yaratish.