TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Farg‘ona viloyatida Afg‘oniston delegatsiyasi tashrifi doirasida mahalliy va afg‘on tadbirkorlari o‘rtasida umumiy qiymati 67 million dollarlik dastlabki hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyaga Afg‘oniston Savdo va investitsiya palatasi raisi o‘rinbosari Alhaj Zilgay Arian Azimiy boshchilik qildi.
V Fergane podpisani soglasheniya s afganskimi predprinimatelyami na summu 67 mln dollarov
© Xokimiyat Ferganskoy oblasti
Tashrif doirasida mehmonlar Uchko‘prik tumanida joylashgan “Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Majmua to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo va logistika yo‘nalishlariga ixtisoslashgan.
V Fergane podpisani soglasheniya s afganskimi predprinimatelyami na summu 67 mln dollarov
© Xokimiyat Ferganskoy oblasti
Tadbirkorlarga ishlab chiqarish quvvatlari, eksport imkoniyatlari va yangi hamkorlik yo‘nalishlari taqdim etildi.
Hozirda delegatsiya tashrifi doirasidagi tadbirlar viloyatda davom etmoqda.