Chelyabinsk-Moskva yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi

Ulyanovsk viloyatida poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi jarohat oldi - Sog‘liqni saqshlash vazirligi.
Sputnik
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining yordamchisi Aleksey Kuznetsovning so‘zlariga ko‘ra, Ulyanovsk viloyatida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi jarohat oldi.
"Yigirma to‘rt nafar jarohatlangan, jumladan, to‘rt nafar bola, voqea joyidan mintaqadagi kasalxonalarga evakuatsiya qilinmoqda. Jiddiy jarohatlar yo‘q; ularning barchasi dastlab o‘rtacha va yengil ahvolda. Sog‘liqni saqlash vazirligining Federal ofatlar tibbiyoti markazi jabrlanganlarga tibbiy yordamni muvofiqlashtirmoqda", dedi u.
Baxtsiz hodisa juma kuni Moskva vaqti bilan soat 6:26 da Ulyanovsk viloyatidagi Brandino stansiyasi yaqinida sodir bo‘ldi. Chelyabinskdan Moskvaga ketayotgan 302-sonli poyezdning yettita vagoni relsdan chiqib ketdi.

Poyezdda 412 kishi bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar, jumladan, 65 nafar bola evakuatsiya qilindi. Yo‘lovchilar orasida Chelyabinsk viloyatidan yetti nafar yosh qilichboz ham bor edi, ular xavfsiz.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisaga sabab rels sinishi bo‘lgan. Voqea tafsilotlari mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Tergov qo‘mitasi yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atdi. Voqea joyiga qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari, tergovchilar va sud-tibbiy ekspertlari yetib kelishdi.
Ulyanovsk, Bugulma, Sizran va Ruzayevkadan maxsus poyezdlar, shuningdek, yengil vagonlar ham oqibatlarni bartaraf etish uchun yuborildi. Prokuratura hodisa sababini aniqlash uchun tergov boshladi.