Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

AQShning Yaqin Sharqdagi urushi Ukrainaga katta zarba berdi — Bloomberg

Ta’kidlanishchia, AQShning Yaqin Sharqdagi urushi va Trampning yangi bosimi Ukraina uchun qurol, pul va siyosiy e’tibor tanqisligini kuchaytirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. AQShning Yaqin Sharqdagi urushi Ukrainaga katta zarba bermoqda. "Bloomberg" kolumnisti Mark Chempion fikricha, Vashingtonning ushbu qaroridan eng ko‘p yutgan tomonlardan biri Rossiya bo‘ldi, Ukraina esa yana bir bor G‘arb kun tartibida orqa o‘ringa surildi.
Vladimir Zelenskiy bu xavotirni avvalroq ochiq aytgan edi. U mart oyida Yaqin Sharqdagi urush sabab Ukrainaga e’tibor susayayotganini va havo hujumidan mudofaa vositalari tanqisligi kuchayganini bildirgan. "Reuters" ham mart oxirida Pentagon Ukraina uchun mo‘ljallangan ayrim qurollarni Yaqin Sharqqa yo‘naltirish ehtimolini yozgan edi.
"Bloomberg" sharhlovchisi Mark Chempionning yozishicha, Donald Trampning Yaqin Sharqda urush boshlashi Ukraina uchun “ulkan zarba” bo‘ldi. Muallifning fikricha, bu mojaro bir vaqtning o‘zida ham AQShning Ukrainaga e’tiborini susaytirdi, ham Kiyev tayanadigan G‘arb resurslarini boshqa yo‘nalishga burib yubordi.
AQShning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker Amerika yetakchisi Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Yevropa sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni qayta ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

"Muhokamalarning borishi (Yevropaning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha koalitsiyadagi ishtiroki - tahr.) bilan tanish bo‘lgan uch amaldorning xabar berishicha, bunga javoban Tramp NATOning Yevropa davlatlari tomonidan moliyalashtiriladigan Ukraina uchun qurol-yarog‘ sotib olish tashabbusi PURL doirasida yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilgan", — deyiladi nashr xabarida.

Trampning o‘zi "The Telegraph" nashriga bergan intervyusida Ukraina AQSh muammosi bo‘lmasligiga qaramasdan, Qo‘shma Shtatlar NATOga vaqtida bu masalada yordam ko‘rsatganini eslatib o‘tdi.

“Biz avtomatik ravishda, jumladan, Ukraina bilan ham yonma-yon edik. Ukraina bizning muammomiz emas edi. Bu sinov edi va biz ular bilan birga edik. Ular esa biz bilan birga bo‘lmadi”, — degan u.

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy raketalar tanqisligini, Podolyak Ukraina hududlari qaytmasligini tan oldi