O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlari tezurar yo‘llar tarmog‘ini bir vaqtda ishga tushiradi

YeOII davlatlari Yevroosiyo transport yo‘laklari uchun tezurar avtoyo‘llar tarmog‘ini sinxron rivojlantirib, harakatni bir vaqtda ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. 1 aprel kuni Sankt-Peterburgda YeOII mamlakatlarining transport sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ittifoq davlatlarining transport siyosati asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Yevroosiyo transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks reja ijrosi muhokama qilinib, ularning maqsadli ko‘rsatkichlari ma’qullandi. Shuningdek, Yevroosiyo transport yo‘laklari pasportlari, ularning shakli, kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati va marshrutlarga qo‘yiladigan minimal talablar ham tasdiqlandi.
Bundan tashqari, YeOII davlatlari va uchinchi mamlakatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan transport infratuzilma loyihalari to‘plamini tayyorlash masalasi muhokama qilindi.
Raqamli kun tartibi doirasida esa transportni raqamlashtirish, YeOII tashqi chegarasida avtomobil nazoratini axborot bilan ta’minlash va milliy tizimlarni integratsiyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi rahbari Andrey Nikitin RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha YeOII mamlakatlari bir vaqtning o‘zida tezurar yo‘llar tarmog‘ini ishga tushiradi.
Strani YeAES odnovremenno zapustat set skorostnix dorog.
Buning uchun ular allaqachon qurilish ishlarini sinxronlashtirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy infratuzilmaning mosligi juda muhim, buni hamjamiyatning barcha mamlakatlari tushunadi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda yagona intellektual transport makoni: tashuvchilarga bundan qanday foyda