TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Toshkentda oziq-ovqat sanoati va qadoqlash sohasiga bag‘ishlangan "UzFood 2026" hamda "O’ZuPACK 2026" xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
"UzFood 2026" oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalariga bag‘ishlangan 25-xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi. U bilan bir vaqtda o‘tayotgan "O’ZuPACK 2026" esa qadoqlash uskunalari va materiallariga ixtisoslashgan 26-xalqaro ko‘rgazmadir.
V Tashkente otkrilis mejdunarodnie vistavki UzFood 2026 i O'ZuPACK 2026
© Sputnik
Ko‘rgazmalarda Xitoy, Rossiya, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston kabi 38 ta davlatdan oziq-ovqat, qayta ishlash sanoati, qadoqlash, uskuna va unga yaqin tarmoqlarda faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ular o‘zlarining yangi texnologiyalari, mahsulotlari va ishlab chiqarish yechimlarini namoyish etapti.
Rossiyaning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri — “Aleyskzernoprodukt” kompaniyasi vakili Igor Paxolkovning aytishicha, kompaniya mahsulotlarining deyarli butun assortimenti allaqachon O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan.
V Tashkente otkrilis mejdunarodnie vistavki UzFood 2026 i O'ZuPACK 2026
© Sputnik
“Bundan tashqari, bu yerda o‘z omborlarimiz bor. Kelgusida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, shuningdek, O‘zbekistonning boshqa hududlarida sotuv hajmini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi u.
“O’ZuPACK 2026”da ishtirok etayotgan “OSQ Group” kompaniyasining eksport bo‘yicha direktori Matvey Kudravsev ham O‘zbekiston bozori kompaniya uchun allaqachon muhim yo‘nalishga aylanganini ta’kidladi.
“O‘zbekistonda biz allaqachon biznesimizni yo‘lga qo‘yganmiz. Bu yerda 6-yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelamiz. Har bir shaharda vakilligimiz bor, shuningdek, o‘z omborimiz, ofisimiz va mahsulotlarimizning to‘liq assortimenti ham mavjud”, — dedi u.
V Tashkente otkrilis mejdunarodnie vistavki UzFood 2026 i O'ZuPACK 2026
© Sputnik
Ko‘rgazmalar doirasida oziq-ovqat sanoati, qayta ishlash, qadoqlash, logistika va ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirishga oid zamonaviy yechimlar muhokama qilinmoqda. Shu jihatdan "UzFood 2026" va "O’ZuPACK 2026" bir maydonda oziq-ovqat ishlab chiqarish zanjirining turli bosqichlarini qamrab olgan yirik sohaviy platforma sifatida namoyon bo‘lmoqda.