“Biz klassik savdo almashinuvi sxemasidan voz kechib, keng qamrovli va ko‘p qatlamli kooperatsiya modeliga ishonch bilan o‘tdik. Muhimi, loyihalar, sanoat klasterlari va agrosanoat zanjirlari aynan hududlarda yaratilib, so‘ng miqyosi kengaytirilmoqda”, — deya ta’kidladi O‘zbekiston grezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov.
“Bir paytlar O‘zbekistonda samolyotlar qurilgan. Nimaga endi bu mumkin emas? Agar hamma narsa biz kutgandek rivojlansa, avtomobil yoki aviatsiya bo‘lsin, Yevroosiyoning o‘z brendlari ham paydo bo‘ladi. Kelajakni bashorat qilishning eng yaxshi usuli – uni o‘zingiz yaratishingizdir”, — deya qayd etdi Bistriskiy.
“Yevroosiyo qit’asida yangi xavfsizlik arxitekturasini barpo etish eng muhim vazifadir. O‘zbekiston Yevrosiyoda yangi xalqaro munosabatlar arxitekturasini shakllantirishga katta hissa qo‘shishi mumkin. Bizning MDH, ShHT va EOII (O‘zbekiston kuzatuvchi maqomida) doirasidagi hamkorligimiz Katta Yevrosiyo sherikligini shakllantirish yo‘lidagi hissadir”, — dedi Galuzin.