TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi.
Loyihaga ko‘ra, bunday hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi muddati 10 kun etib belgilanishi, 5 kun ichida taklif kelib tushmagan taqdirda esa loyihani huquqiy ekspertizaga kiritish imkoniyati berilishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatini 20 kunga qisqartirish taklif etilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik muhokamasi muddati portalga joylashtirilgan kundan e’tiboran 15 kundan kam bo‘lmasligi kerak. Vazirlik va idoralar hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati esa 30 kunni tashkil etadi.
Shu tariqa, qonun loyihasi idoraviy hujjatlarni muhokama qilish va ularni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini tezlashtirishga qaratilgan