Rossiya–O‘zbekiston strategik sherikligi: Toshkentda “Valday” anjumani o‘z ishini boshlaydi

Ikki kunlik anjuman doirasida ekspertlar ikki tomonlama muloqot, Yevroosiyodagi umumiy chaqiriqlar, sanoat kooperatsiyasi va transport yo‘laklari istiqbollarini ko‘rib chiqadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Bugun Toshkentda “Valday” xalqaro munozara klubi va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilgan Rossiya — O‘zbekiston anjumani o‘z ishini boshlaydi. Anjuman seshanba kuniga qadar davom etadi.
Uchrashuv “Rossiya — O‘zbekiston: Yevroosiyo makonida strategik sheriklik” mavzusiga bag‘ishlangan. Ikki kunga mo‘ljallangan ishchi dastur ochilish sessiyasi hamda to‘rtta mavzuli muhokamani o‘z ichiga oladi.
Sessiyalar doirasida ekspertlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama muloqot, Yevroosiyodagi hamkorlik imkoniyatlari, mintaqadagi dolzarb muammolar va ularning umumiy yechimlari, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, raqamlashtirish, shuningdek transport, logistika va infratuzilma masalalarini muhokama qiladi.
Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati va Tatariston o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikning mavjud natijalari va istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi.
Konferensiyaning faxriy mehmonlari sifatida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etadi.
O‘zbekiston tomonidan anjumanda quyidagilar qatnashadi:
Eldor Aripov — Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori;
Dinara Ziganshina — Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligi muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-axborot markazi direktori;
Elor Toshtemirov — Migratsiya agentligi Strategik rejalashtirish departamenti boshlig‘i;
Oleg Pekos — raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari.
Rossiya tomonidan esa quyidagilar ishtirok etadi:
Vladislav Polyanin — Rossiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti direktori;
Mixail Denisenko — Vishnyovskiy nomidagi Demografiya instituti direktori;
Ivan Danilin — IMEMO direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
Andrey Bistriskiy — “Valday” xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi raisi.
O‘zbekiston va Rossiya 4-yilda savdoni bir necha barobar oshirishni muhokama qildi