O‘zbekiston va YeOII

Digital Qazaqstan 2026 da YeOII davlatlari o‘rtasida elektron hujjat almashuvi yo‘lga qo‘yildi

U transport hujjatlari bilan ishlashni tezlashtiradi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. "Digital Qazaqstan 2026" raqamli loyihalar ko‘rgazmasida YeOII mamlakatlari o‘rtasida elektron hujjat aylanish tizimi tantanali ishga tushirildi.
Yangi tizim transport hujjatlarini olish va tekshirishni tezlashtiradi, shuningdek, transport-logistika hamda nazorat jarayonlaridagi xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Forum "Digital Almaty" platformasi asosida iqtisodiyotning real sektori, davlat boshqaruvi va ijtimoiy infratuzilmada raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Forum ishtirokchilari orasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham bo‘ldi.

"Digital Qazaqstan 2026"ning bosh mavzusi — “Industry 5.0: o‘zaro hamkorlik kuchi”. Ushbu konsepsiya barqaror rivojlanish va inson salohiyatini mustahkamlash uchun texnologiyalarni uyg‘un qo‘llashga qaratilgan.
Tadbir raqamlashtirish sohasidagi ilg‘or yechimlarni muhokama qilish va namoyish etish uchun davlat idoralari, biznes, xalqaro korporatsiyalar, texnologiya kompaniyalari, startaplar va ekspertlarni bir maydonga jamladi.
O‘zbekiston va YeOII
SIni rivojlantirishga oid YeOII davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonoti hozirlanyapti