Toshkentda O‘zbekiston va Tojikiston kooperatsiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma boshlandi

Ko‘rgazmada ikki davlatning qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlari, qayta ishlash yechimlari va eksportbop mahsulotlar namoyish etildi, ekspertlar esa bu muloqot kooperatsiyani kuchaytirishini aytmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Toshkentdagi CAEx majmuasida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasiga bag‘ishlangan qo‘shma ko‘rgazma ochildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘rgazmada agrar tarmoq salohiyati, zamonaviy texnologiyalar va eksportbop mahsulotlar namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston tomoni qishloq xo‘jaligi sohasida meva-sabzavot mahsulotlari, qayta ishlash sanoati yechimlari, agrotexnologiyalar, suv tejovchi innovatsion usullar, paxtachilik, bog‘dorchilik va organik mahsulotlar ishlab chiqarishdagi tajriba va imkoniyatlarni taqdim etdi. Tojikiston esa meva-sabzavotlar va quritilgan mevalarini namoyish qildi.
Otkrita sovmestnaya vistavka promishlennoy kooperatsii mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom
Mutaxassislarning fikricha, mazkur ko‘rgazma ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligidagi kooperatsiyani yangi bosqichga olib chiqishi, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashi, qo‘shma loyihalarni kengaytirishi va qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkin.
Toshkentda Mirziyoyev va Rahmon hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi