Toshkentdagi Gersen universitetida magistrlarga diplom topshirildi

Yoshlar uchta ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olib, endilikda inklyuziv va pedagogik ta’lim sohalari mutaxassislari safiga qo‘shiladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filialida magistratura bitiruvchilariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi. Bu yil oliygohni “Psixologik-pedagogik ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 39 nafar magistr tamomlamoqda, ularning 11 nafari imtiyozli diplom oldi.
Ular “Maktabgacha ta’limda metodik ta’minot”, “Oila va bolani ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash” hamda “Ta’limda shaxs kamolotini psixologik qo‘llab-quvvatlash” kabi uchta ta’lim dasturi bo‘yicha malaka oshirishdi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
V Universitete Gersena v Tashkente magistrantam vruchili diplomi
Bitiruvchi Angelina Karpenkoning aytishicha, magistratura u uchun shunchaki ta’limning navbatdagi bosqichi emas, balki shaxsiy va kasbiy jihatdan yuksalishiga imkon bergan maskanga aylangan.
“Hozir o‘z vatanimiz, jonajon O‘zbekistonimizdan chiqmasdan Rossiyaning eng sara oliygohlarida tahsil olish imkoniyatiga ega ekanimizdan behad xursandmiz”, — deydi u.
V Universitete Gersena v Tashkente magistrantam vruchili diplomi
Magistraturaning yana bir bitiruvchisi Yulduz Uzakbayeva ham universitetdagi o‘qish yillarini katta minnatdorchilik va samimiyat bilan eslaydi.
“O‘tgan yillar mobaynida biz mamlakatimiz ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarni to‘g‘ri yo‘naltirishimizga ko‘maklashadigan psixologiya va pedagogika sohasidagi qimmatli bilim, ko‘nikma hamda metodikalarni o‘zlashtirdik”, — deydi Yulduz.
V Universitete Gersena v Tashkente magistrantam vruchili diplomi
A. I. Gersen nomidagi RDPUning Toshkent shahridagi filiali kelgusi o‘quv yilida ta’lim dasturlari ro‘yxatini kengaytiradi. Yangi yo‘nalishlar qatoridan raqamli ta’lim, inklyuziv ta’lim va adaptiv jismoniy tarbiya o‘rin olgan.
Maktabgacha ta’lim mutaxassislari uchun Gersen universiteti bilan hamkorlikda kurs boshlandi