“Global Janubning boshqa davlatlari ishtirokidagi tashkilotlarga a’zo mamlakatlar sanoat, energetika, savdo va logistika kabi sohalarda hamkorlikni kuchaytirishi mumkin. Bu “Shimol — Janub” xalqaro transport koridorini rivojlantirish, erkin va imtiyozli savdo to‘g‘risida bitimlar tuzish, neft, gaz va neft-kimyo sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, texnologiyalar va investitsiyalar transferini o‘z ichiga olishi mumkin”, — deya xulosa qildi elchi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.