Jizzaxda AES qurilishi doirasida beton ishlari boshlandi

Reaktor binosi uchun beton tayyorlash ishlari 2026-yil apreligacha yakunlanishi, bu bosqichda esa qariyb 900 kub metr qorishma quyilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Jizzax viloyatining Forish tumanida RITM-200N reaktoriga ega kichik quvvatli atom elektr stansiyasining (AES) energiya blokini qurish doirasida beton ishlari boshlandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Ishlarga “Atomstroyeksport” AJning (“Rosatom” davlat korporatsiyasining muhandislik bo‘limi) vitse-prezidenti, O‘zbekistonda AES qurish loyihasi direktori Pavel Bezrukov hamda O‘zbekistonda AES qurish direksiyasi direktori Abdijamil Kalmuratov start berdi.
Reaktor binosi uchun beton tayyorlash ishlarini 2026-yil aprel oyida yakunlash rejalashtirilgan.
Jami qariyb 900 kub metr qorishma quyiladi. Bu bosqich yakunlangach, reaktor binosi poydevori ostidagi zamin tekislanadi, gidroizolyatsiya va yerga ulash ta’minlanadi.
Qurilish maydonidagi navbatdagi muhim bosqich reaktor binosi poydevor plitasi uchun “birinchi beton” quyish bo‘ladi.
AES beton ishlari bahorga mo‘ljallangan: Mirziyoyev "Rosatom" rahbarini qabul qildi