TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmon birodarlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi. (Rossiyada Uraza bayram deyiladi)
"Men Rossiya musulmonlarini muqaddas Ramazon oyini yakunlovchi Uraza bayram bilan tabriklayman", - dedi Rossiya rahbari Kreml saytida e’lon qilingan tabrikda.
Putin, shuningdek, Rossiya ozodligi va mustaqilligi uchun kurashda ulkan hissa qo‘shayotgan musulmonlarga minnatdorlik bildirdi. Rossiya prezidenti musulmonlar ajdodlarining tarixiy va ma’naviy an’analarini hurmat qilishlarini va jamiyat rivojiga alohida hissa qo‘shishlarini yuqori baholadi.
"Musulmon tashkilotlari oila institutini mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalash, hukumat va jamoat tuzilmalari bilan konstruktiv muloqotni rivojlantirish, vatanparvarlik, ma’rifiy va gumanitar tashabbuslarni amalga oshirishga tinimsiz e’tibor berishga konstruktiv hissa qo‘shadilar", - deb xulosa qildi Rossiya rahbari.