TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Vengriya bosh vaziri Yevropani Rossiyaning energiya resurslaridan foydalanishga chaqirdi. Bu haqda siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida post yozdi.
“Uyg‘onish vaqti keldi! Rossiyaning arzon energiya resurslarisiz Yevropa neft inqirozini bartaraf eta olmaydi”, - deya yozgan Vengriya bosh vaziri.
AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eron hududidagi obyektlarga zarba berishni boshladi. Eron Isroil hududiga hamda AQShning Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy obyektlariga qarshi hujumlarni amalga oshirmoqda.
Eron atrofidagi mojaroning avj olishi Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan neft va suyultirilgan tabiiy gazni jahon bozoriga yetkazib berishning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining amalda bloklanishiga olib keldi va mintaqa mamlakatlarining neft eksporti va ishlab chiqarish darajasiga ta’sir ko‘rsatdi. Buning ortidan neft narxi keskin qimmatlashdi.