Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Davlat rahbari o‘z tabrigida “jahonning turli hududlaridagi urush va nizolar tezroq tugab, barcha xalqlar tinchlik va barqarorlikda yashashini” tiladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.
"Butun xalqimizni ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman", - deyildadi tabrik boshida.
Bu yil Toshkent shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilishi – xalqimizga o‘ziga xos Ramazon tuhfasi bo‘ldi.
Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida jahonning turli hududlaridagi urush va nizolar tezroq barham topib, barcha xalqlar tinchlik va barqarorlikda hayot kechirishini tilab qolamiz.
Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlaridagi musulmon birodarlarimizni qutlab, samimiy salom va tilaklarimizni yo‘llaymiz.
Xorijda bayram shukuhi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham chin dildan tabriklab, ularning ishlari va o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Alloh taoloning rahmati yog‘ilib turgan ushbu qutlug‘ damlarda siz, azizlarni Iyd al-Fitr bayrami bilan yana bir bor muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Ramazon hayiti qachon nishonlanishi ma’lum bo‘ldi