TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida “Mahoratdan komillik sari” nomli an’anaviy amaliy san’at ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda mamlakatning yetuk hunarmand ustalari jamlangan.
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma ekspozitsiyasida kulolchilik, to‘qimachilik, yog‘och o‘ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik, chitgarlik va kashtachilik kabi an’anaviy amaliy san’at turlariga oid noyob asarlar namoyish etildi.
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Taqdim etilgan asarlar xalq hunarmandchiligining asrlar davomida shakllangan maktablari va ularning uzviy davomiyligini yorqin aks ettirdi.
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Tadbirda O‘zbekiston an’anaviy hunarmandchiligi rivojiga katta hissa qo‘shgan mashhur xalq ustalari hamda Badiiy akademiya akademiklarining ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Jumladan, Akbar Rahimov, Mirzabahrom Abduvahobov, Alisher Nazirov, Ismoil Komilov, No‘mon Obloqulov, Abdullo Narzullayev, Sirojiddin Rahmatullayev, Ahmad Arabov, Baxshillo Jumayev, Sharif Raupov va Abduvohid Karimov kabi ustalarning asarlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ushbu ko‘rgazma milliy hunarmandchilik an’analarining bardavomligi va zamonaviy madaniyatdagi o‘rnini yaqqol namoyon etadi.
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Mahoratdan komillik sari” ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazmaning asosiy g‘oyasi Navro‘zning yangilanish va yaratish ruhini milliy an’analar uzluksizligi bilan uyg‘unlashtirishdan iborat. Unda hunarmandchilik san’ati chuqur bilim, boy tajriba va yuksak mahoratga asoslangan jonli badiiy madaniyat sifatida namoyon bo‘ldi.