TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rossiya energetika vaziri Sergey Sivilov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ning energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorlarini shakllantirish bo‘yicha xalqaro shartnoma tayyorlash jarayoni, 2030-yilgacha umumiy gaz bozorini rivojlantirish rejasi, shuningdek, YeOII umumiy elektr energiyasi bozorini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar YeOIIda umumiy elektr energiyasi bozorini yanada shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shu bilan birga, umumiy energiya resurslari bozorlariga oid asosiy strategik hujjatlarni tezroq qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.
Alohida e’tibor gaz sohasiga qaratildi. Sivilov Rossiyaning umumiy gaz bozorini rivojlantirish rejasi loyihasi bo‘yicha konsolidatsiyalashgan pozitsiyasi komissiyaga yuborilgani va u avval qabul qilingan qarorlarga to‘liq mos kelishini ma’lum qildi.
Tomonlar shartnoma shaklini tasdiqlashni jadallashtirish va elektron hujjat aylanishini yo‘lga qo‘yish zarurligini ham qo‘llab-quvvatlashdi.