TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Tailandning Pxuket orolida mikroavtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Rossiyaning Pxuketdagi bosh konsuli Yegor Ivanov ma’lumotiga tayangan holda xabar berdi.
“Pxuketda 2026-yil 18-mart kuni soat 4:10 da sodir bo‘lgan mikroavtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida sakkiz nafar Rossiya va to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi. Hodisa joyida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi”, — dedi konsul.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qolgan sayyohlar tibbiyot muassasalariga yetkazilgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Hozirda shifoxonalarda uch nafar rossiyalik qolmoqda, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Tailand huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda”, — dedi Ivanov.