Prezident Samarqandda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va transport loyihalarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Samarqandda yoshlar uchun tashkil etilgan kreativ park, nemis tili bo‘yicha Telc markazi, yangi elektrobuslar va transport infratuzilmasi obyektlari bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, shaharda yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar va jamoat transporti infratuzilmasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari tashrifini Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ parkidan boshladi. Majmua 5,4 gektar maydonda 70 milliard so‘mdan ortiq homiylik mablag‘lari hisobidan barpo etilgan.
Bu yerda yoshlar uchun zamonaviy va raqamli kutubxona, o‘quv markazi, kreativ to‘garaklar, sun’iy intellekt, 3D modellashtirish, robototexnika va kibersport yo‘nalishlari tashkil etilgan. Shuningdek, axborot-resurs markazi, sport zallari va yer osti ekomuzeyi ham ishga tushirilgan.
Loyihaning muhim jihatlaridan biri — “Telc” imtihon markazining Samarqandda ish boshlayotganidir. Unda yoshlar nemis tilini o‘rganib, xalqaro sertifikat olishi, keyinchalik Germaniyada dual kasbiy ta’limni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, davlat rahbariga “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi, yoshlar startaplari, imtiyozli kreditlar va “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Qizlar akademiyasi” kabi dasturlar haqida ham ma’lumot berildi.
Prezident yoshlar bilan muloqot qilib, ularning tashabbus va loyihalari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng davlat rahbari Samarqand shahri uchun olib kelingan zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash stansiyasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Birinchi bosqichda 49 million dollar hisobidan 100 ta elektrobus keltirilgan bo‘lib, ular shaharning 9 ta yo‘nalishida harakatlanib, kuniga qariyb 70 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Prezident vstretilsya s molodejyu v Samarkande
Loyihaning ikkinchi bosqichida yana 250 ta elektrobus xarid qilish rejalashtirilgan. Buning uchun YeTTBdan 120 million dollar jalb etish ko‘zda tutilgan. Natijada yoqilg‘i sarfi kuniga 32 ming litrga, zararli gazlar chiqindisi esa 27 tonnaga kamayishi kutilmoqda.
V Samarkande nachnut kursirovat 100 elektrobusov
Tashrif davomida prezident 12 million dollar hisobiga qurilgan, bir kunda o‘rtacha 50 mingta transport vositasini o‘tkazish imkoniga ega 600 metrli tunnel bilan ham tanishdi.
Prezident Urgut va Samarqanddagi yangi loyihalar va o‘zgarishlarni e’lon qildi